Jizzax viloyati o‘zining go‘zal va betakror tabiati, boy tabiiy resurslari, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligidagi ulkan salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Fermerlik harakatini rivojlantirish borasidagi keng qamrovli chora-tadbirlar samarasini Jizzax viloyati misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Viloyatda yetishtirilayotgan g‘allaning 98, paxtaning yuz foizi fermerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zEksayd”, “Jizantep”, “For-Teks” singari korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi tobora ortib borayotir. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, kamolotiga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli jizzaxlik yigit-qizlar ham mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
Islom Karimov
O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ish yuritib, quvonchli natijalarga erishayotgan xalq ta’limi tizimining ko’pming sonli ahil jamoasi qo’shaloq ayyom — Mustaqilligimizning 19 yilligi bayrami hamda Bilimlar kuniga munosib tuyonalar bilan peshvoz chiqdi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Farmoni bilan yuksak mukofotlar bilan taqdirlandilar. Mukofotlanganlar orasida hamyurtlarimiz ham borligi ayniqsa quvonchlidir.
Aziz do’stlar!
Xalqimiz jondan aziz Vatanimiz Mustaqilligining 19 yilligini baland ruhda va katta xursandchilik bilan nishonlamoqdalar.
Har birimiz uchun eng ulug’ va eng aziz bo’lgan mana shu istiqlol bayrami bilan Sizlarni, siz orqali viloyatimizning barcha kattayu-kichik ahlini samimiy va qizg’in tabriklayman.
O’tgan shanba kuni viloyat hokimligida bo’lib o’tgan yig’ilishda ichki iste’mol bozorini kafolotli himoyalash maqsadida viloyat hududiga noqonuniy